"Ҳеч тўхтамасдан ҳаракат қилуб турғон вужудимизга, танимизга сув-ҳаво не қадар зарур бўлса, маишат йўлида ҳар хил қора кирлар ила кирланган руҳимиз учун ҳам шул қадар адабиёт керакдир. Адабиёт яшаса — миллат яшар".     Абдулҳамид Чўлпон

Qudrat Hikmat. She’rlar

Ўқилди: 2 539

Juda ma’qul
Tog‘ajonim negadir
Meni yaxshi ko‘radu
– Jiyan, do‘sting kimlar – deb
Uchrab bir kun so‘radi.
Sanab qoldim bidirlab:
–  Mamed, Masha, Halima,
Lu Sin, Nurtoy Jong‘ozi!
Yana Katya, Salima…
— Juda ma’qul! – dedilar,
Sig‘may ketdim terimga.
Apil-tapil ko‘chirdim
Bu suhbatni she’rimga.

Mening vatanim
Ko‘kday bepoyon
Boyliklarga kon,
Keng paxta maydon,
Mening Vatanim.

Xalqlar erkin, shod,
Baxtiyor avlod.
Mehnat-la obod
MeningVatanim.

Bosh ko‘tarsa yov,
Yanchamiz darrov,
Tinchlikka garov
Mening Vatanim.

Kitoblar
Javonimga qarab qoy:
Qilar yilt-yilt kitoblar.
Har xonaga ko‘rk, obro‘,
Gavhar, jild-jild kitoblar.
Bamisoli keng dunyo
Shkaf ichra joylangan.
Quyosh sochib nur ziyo
Aylangani — aylangan.
Har yaxshilik, har yomon
Qat-qatiga bo‘lgan jo.
Barcha o‘lmas qahramon,
El-yurtlarga men oshno.
Armonlarim tarqalib,
Qonib o‘qish bir odat.
Shu kitoblar orqali
Ko‘raman baxt, saodat.

Сайт бўлими: Болалар адабиёти

Қўшимча:

ЗИЁ ТАРАТГАН БАЙРАМ ЗИЁ ТАРАТГАН БАЙРАМ
САЙИЛГОҲДА КУТАМИЗ! САЙИЛГОҲДА КУТАМИЗ!
ИЖОД АҲЛИ ВА САНЪАТ САҲНИ. БАҲРА ОЛИНГ!       ИЖОД АҲЛИ ВА САНЪАТ САҲНИ. БАҲРА ОЛИНГ!      
ЯНГИ КИТОБ МУҲОКАМАСИ ЯНГИ КИТОБ МУҲОКАМАСИ