"Ҳеч тўхтамасдан ҳаракат қилуб турғон вужудимизга, танимизга сув-ҳаво не қадар зарур бўлса, маишат йўлида ҳар хил қора кирлар ила кирланган руҳимиз учун ҳам шул қадар адабиёт керакдир. Адабиёт яшаса — миллат яшар".     Абдулҳамид Чўлпон

Тинглайлик гулларнинг дилбар шивирин

Ўқилди: 384

Аввал хабар қилганимиздек, Тошкент вилояти Бекобод туманидаги «Илҳом» ижодкорлар клуби аъзолари Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмасида бир қатор устоз ижодкорлар билан учрашган эди.

Бугун уларнинг айримларининг ижод намуналари билан таништирамиз:

 

Ситора Тошматова, «Илҳом» ижодкорлар клуби аъзоси. Зулфия номидаги Давлат мукофоти совриндори.

 

 

 

 

 

 

Ota

Mening endi baxtli bo’lgimmas,

Tuproq bo’lgim kelyapti, ota.”

Guljamol Asqarova

 

 

 

Ota, sizning umringiz tutash,

Sholikorning dalalariga.

Sochlaringiz o’xshab qolibdi,

Paxtangizning tolalariga.

Qayg’urasiz bizlardan ortib,

Birovlarning bolalariga.

Nima bo’pti yoningizda yer,

Hoksor bo’lsa, undan nariga!

 

Kaftingizni qo’yib chakkaga,

Nimalarni qilasiz xayol.

Men o’zimni sizga o’xshatsam,

Olmaysizmi, otajon, malol?

 

Siz yomg’irni kutasiz, ota,

Ekinlarim ichsin, deya, suv.

Yomg’ir, otam yuragiga yog’,

Biz deb chekkan dardlarini yuv…

Otam yonar, bolalarim, deb,

Shamdek erib borar hayoti.

Tugash vaqti kelganda bir kun,

Asraydimi biror bayotim?!

 

Kimga kerak oldi-qochdi gap,

Kimga kerak bundayin she’rlar?

Asli, suv ham oldingdan oqsa,

Bir pulchalik qadri yo’q, derlar.

 

Ota, sizning umringiz o’tar,

Dalalarda, siypalab tuproq.

Tuproq sizga farzanddek, asli,

Tuproq bizdan oqibatliroq.

 

Shu kunlarga yetkazdingizu,

Birortamiz bo’lmadik tirgak.

Rohat ko’ray degan chog’ingiz,

To’rt tomonga ketdik mehmonday.

 

Nimani ham qoyillatoldik,

“Shahar” otlig’ toshi ko’p yoqda.

Mening endi sizga farzandmas,

Tuproq bo’lgim kelyapti, ota…

 

Onamni yo’qlashga bormadim…

 

Boychechagim, boylarga bordim,

Qo’llarida oylarga bordim,

To’rdan tekkan joylarga bordim,

Onamni yo’qlashga bormadim…

 

Buyuk shahar, kattakon shahar,

Barchaga teng mehribon shahar,

Lek bir o’y uyg’otar har sahar:

Onamni yo’qlashga bormadim.

 

Borolmadim gullar ko’tarib,

Hechsa, bir bog’ pullar ko’tarib,

Pulimgamas, diydorga g’arib,

Onamni yo’qlashga bormadim.

 

Munisginam, mushtiparginam,

Duogo’yim, jonim, kayvonim.

Biror og’iz “kel” deb aytmasdan,

Yo’llarimni kutgan nolonim.

 

G’ofil dunyo, ey, sen, bad dunyo,

G’aflatda qoldirma hammani.

Onalarni asra, iloyo,

Vijdoniy o’tinchim bu mani.

 

Boychechak, jon chechak, yuraqol,

Mushfiqamga, yumshoq ko’ngilga.

Bo’ylariga to’yib olayin,

Qolmasidan aylanib gulga…

 

Iqror

Yo’llarimni yo’qotgan edim,

Sen ko’nglingdan ochib berding yo’l.

Dunyosidan sovqotgan edim,

Taft ulashdi bu mehribon qo’l.

 

Ko’zlarimni ochdim ro’yodan,

Va qarshimdao’zingni ko’rdim.

Bu dunyosin bozorlaridan

O’zing tomon yuzimni burdim.

 

Atrofimni o’radi bahor,

Gullab ketdi chor taraf shu chog’.

Ko’ksim yana ura boshladi,

Seni ko’rgan o’sha kundanoq.

 

Endi meni qo’rqitmas g’amlar,

Bu yuragim sen bilan butun.

Xudoyimga behisob shukur,

Seni menga bergani uchun!

               Sitora Toshmatova

 

  

Хонзодабегим Жамалова, «Илҳом» ижодкорлар клуби аъзоси.

 

 

 

 

 

 

Duo

Saharlikda aytilgan duo….
Pichirlashib o’par yuzimni,
Kaftlarimni to’latib turgan
Begim!
Duolarim asrasin Siiizni…

Hudo deyman!
Parvardigorim…
Yig’la deydi,azobu dardim,
Sizni kutib yashamoq go’zal,
Sizla butun bo’ladi baxtim.

Mung’ayaman ismingizni
Begonalar aytib turishsa,
Ajab bo’lar edi o’shalar qani
Meni sevishingizni bilishsa.

Sevgi!
O’zim ham bilmayman
Ko’nglim sizda shuni bilaman,
Qancha chekkan bo’lsam istirob,
Undan ortiq baxtli qilaman!

Sizni degan tuyg’ularim chin
Ko’nglingizni qidirib yetgan
Taqdirimiz Begim shu sizning,
Qoshingizdek tutashib ketgan

Boshqachasiz hammadan bo’lak,
Jonimni tutvolib turar ko’zingiz
Men sizni duolarim qilaman toki
Qarasam yorishib ketsin ko’nglingiz

Bir kun yo’llarimiz birlashar beshak
Yolg’iz Allohimga omonatimsiz
Keling qo’llarini so’ramoq uchun
Jonini ham qo’shib beradi bir qiz

Saharlikda aytilgan duo…..
Hudo degan ishqi buyugim
Sizni so’rab Haqdan yolvorsam
Siz ham duo qilyapsiz balkim…..

Xonzodabegim Jamalova

 

Мунира РАМАЗОНОВА тайёрлади

 

Сайт бўлими: Ёшлар ижодидан

Қўшимча:

Самарқанддан хабарлар: «Энг улуғ, энг азиз» кўрик-танловининг вилоят босқичи ўтказилди Самарқанддан хабарлар: «Энг улуғ, энг азиз» кўрик-танловининг вилоят босқичи ўтказилди
Қалбларни туташтирган адабиёт Қалбларни туташтирган адабиёт
Ижодкори қадрланган миллатнинг қадди баланд бўлади Ижодкори қадрланган миллатнинг қадди баланд бўлади
“ПАХТАКОР -79” футбол жамоаси хотирасига “ПАХТАКОР -79” футбол жамоаси хотирасига