"Ҳеч тўхтамасдан ҳаракат қилуб турғон вужудимизга, танимизга сув-ҳаво не қадар зарур бўлса, маишат йўлида ҳар хил қора кирлар ила кирланган руҳимиз учун ҳам шул қадар адабиёт керакдир. Адабиёт яшаса — миллат яшар".     Абдулҳамид Чўлпон

Соҳир лаҳзаларнинг туркуми – ёшлик

Ўқилди: 98

Аввал хабар қилганимиздек, Тошкент вилояти Бекобод туманидаги «Илҳом» ижодкорлар клуби аъзолари Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмасида бир қатор устоз ижодкорлар билан учрашган эди.

Бугун уларнинг ижод намуналари билан таништиришда давом этамиз:

 

Эркинжон Ҳожимаматов, «Илҳом» ижодкорлар клуби аъзоси.

 

 

 

Salomingni qizģonma mendan

 

Mayli qalbim tilsin iztirob,

Menga tegar faqat shu sendan.

Indamasang bu menga azob,

Salomingni qizģonma mendan.

 

Mayli oshir qiynoqlaringni,

Boshimga sol firoqlaringni,

Mayli yashir nigohlaringni,

Salomingni qizģonma mendan.

 

Muhabbatni dòstlikka yòygin,

Menga boqmay qalbimni òygin,

Kòngil uchun salom deb qòygin,

Salomingni qizģonma mendan.

 

Atrofingda mastonalar kòp,

Senga oshiq parvonalar kòp,

Menday dalli devonalar kòp,

Salomingni qizģonma mendan.

 

Oh uraman òzgaga boqsang,

Òzga dilni gulhanin yoqsang,

Erta-indin yòlimdan chiqsang,

Salomingni qizģonma mendan…

Erkinjon HOJIMAMATOV

 

Мухтасар Каримова, «Илҳом» ижодкорлар клуби аъзоси. Зулфия номидаги Давлат мукофоти совриндори.

 

 

 

Vatan

Ikki daryo yuvib turgan,

Mening toza tuprogʻimsan.

Bogʻbon, dehqon bobom qurgan,

Koʻm-koʻk dalamsan, bogʻimsan.

Yaratganim ato qilgan,

Beminnatim, quyoshimsan.

Faqat mening ko’zlarimdan

Oqqan sevinch koʻz yoshimsan.

Sharsharaning qoʻshigʻiga

Joʻr bo’ladi xarsanging ham.

Uyatchan bu lolalaring

Tebranib raqs etar baʼzan.

 

Ona Vatan, yuragimga

Bir borgina nazar solgin.

Mitti qalbda shuncha sevgi

Borligini bilib olgin.

Chinor boʻlsang, oʻzim aytay,

Qadding hech ham qayirmagum.

Seni sevgan shu qizingni

Quchogʻingdan ayirmagin.

 

Yurt qadri

Qaynoq choʻl taftida yurgan odamlar,

Suvning lazzatini his eta olar.

Sovuqda, muzlarda turgan odamlar,

Oftobning nurlari qadrini bilar.

Sen qachon bilasan, aytgil, ey tengdosh,

Yurtning ziloli-yu oftob qadrini.

 

Tandirdan uzilgan taftlari toshiq,

Nonning qadrin bilar och bir devona.

Koʻkni bulut toʻssa, oyni bir oshiq,

Qadrini biladi, boʻlar parvona.

Sen qachon bilasan, aytgil, ey bebosh,

Yurtning shirmoyi-yu oydin qadrini.

 

Qadamlaring tekkan tuproq bu axir,

Ichiga yutgan-ku elning dardini.

Vatandan uzoqda yurgan musofir

Biladi…, biladi yurtning qadrini.

 

Sen qachon bilasan, aytgil sen, ey yosh,

Vatanning tuprog’i, yurtning qadrini.

 Muxtasar KARIMOVA  

Мунира РАМАЗОНОВА тайёрлади

Сайт бўлими: Адабий ҳаёт, Ёшлар ижодидан

Қўшимча:

Ўзбек шеърияти озарбайжон тилида Ўзбек шеърияти озарбайжон тилида
Анвар қори Турсунов вафот этди Анвар қори Турсунов вафот этди
Адабий анжуманга марҳамат! Адабий анжуманга марҳамат!
Барчани китоб тақдимотига таклиф этамиз! Барчани китоб тақдимотига таклиф этамиз!