"Ҳеч тўхтамасдан ҳаракат қилуб турғон вужудимизга, танимизга сув-ҳаво не қадар зарур бўлса, маишат йўлида ҳар хил қора кирлар ила кирланган руҳимиз учун ҳам шул қадар адабиёт керакдир. Адабиёт яшаса — миллат яшар".     Абдулҳамид Чўлпон

Madina Baxshilloyeva . Ingliz tilidagi she’rlardan tarjimalar

Ўқилди: 871

1. Alvido quyoshim

Kristall Sherrif

Sen ufq kabi ketyapsan cho`kib,
Zulmatga singmoqda kunlarim.
Tonglarim tutilar siniqib,
Falakning ishimi g`amlarim?!
Qayg`uga belangan har narsa,
Yurakka sanchilgan bir nayza.

2. Sarob
Tomas Hud

Qo`llarimiz tutashgandi, yuraklar emas,
Endi qayta ko`rishmagay u botir qo`llar.
Qalbimizda bo`lganida qandaydir bir sas-
Jonim, kesishmay qolmasdi biz tomon yo`llar…
Qachonlardir sizni sevdim bo`lib ishqda mast,
Angladimki, behudadir endi bu o`ylar.
Qo`llarimiz tutashgandi, yuraklar emas-
Demak, qayta uchrashmagay u botir qo`llar!
3. Yolg`izlik
Maya Angelo

Tunovgi oqshom ham o`zimni,
Aldadim yolg`onchi o`y bilan.
Sen qachon qalbimga kirganding
Angladim…
Qay tashna dil bilan?
Tosh emas edim-ku, bu qadar,
Eng baland osmonda turardim.
Ishonmas edim-ku, bu xatar-
Hech kimlik, yolg’izlik!..
Bilardim-
Qutqara olmaydi bu g`amdan,
Yo`qsizlik va yolg`iz olamdan.
Hech kimsa,
Hech bitta,
Bir odam-
Qutqara olmaydi bu g`amdan!
Qanday boylik ona mehrini
Bera olar ekan ayt, sotib,
Farzandning bir chimdim kulgusi-
Ketmasmi, toshlarni eritib!?
Bilaman…
Hech kimsa, hech odam-
Qutqara olmaydi bu g`amdan.
Yolg`izlik va yolg`iz olamdan!
Tinglaysiz jimgina dardimni,
Boshimda bulutlar to`ladi.
Shamollar bir bo`lib dilimning-
Ustidan chaqmoqdek kuladi…
Eshitib qolaman nolasin,
Kelmaydi birov ham yonimga.
Yordam berolmaydi hech kimsa-
Tanholik singigan jonimga!
Qutqara olmaysiz bu g`amdan,
Yo`qsizlik va yolg`iz olamdan.
Hech kimsa,
Hech bitta,
Bir odam-
Qutqara olmaydi bu g`amdan,
Yolg`izlik va yolg`iz olamdan!

Сайт бўлими: Адабий ҳаёт, Жаҳон шеърияти

Қўшимча:

Ўзбекистон Миллий кутубхонасида “Звезда Востока” журналининг 85 йиллигига бағишланган тадбир бўлиб ўтди Ўзбекистон Миллий кутубхонасида “Звезда Востока” журналининг 85 йиллигига бағишланган тадбир бўлиб ўтди
Александр ФАЙНБЕРГ, Ўзбекистон халқ шоири Александр ФАЙНБЕРГ, Ўзбекистон халқ шоири
СИРОЖИДДИН САЙЙИД  (1958) СИРОЖИДДИН САЙЙИД (1958)
САМАРҚАНДДА КЎЧМА ЙИҒИЛИШ САМАРҚАНДДА КЎЧМА ЙИҒИЛИШ